Jahon banki 2024-yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan mamlakatlar Gruziya, Tojikiston va O‘zbekiston ekanini qayd etdi. Mintaqada bir qator inqirozlardan so‘ng iqtisodiy o‘sish barqarorlashmoqda, ammo ko‘rsatkichlar 2000-yillar boshiga nisbatan ancha past darajada qolmoqda.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston YAIMi 2024-yilda 6,5 foizga, 2025-yilda esa 6 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. Tahlilchilarning fikricha, investitsiyalar va sof eksport o‘sish omillari, energiya va suv resurslari taqchilligi esa cheklovchi omillar bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda 2023-yilda iqtisodiy o‘sish 6 foizni tashkil qilgani ma’lum qilindi.
Jahon banki O‘zbekistonning 2023-yildagi iqtisodiy o‘sishini 5,5 foizga baholadi. Joriy va kelgusi yilda YIM o‘sishi bir xil darajada saqlanib qolishi prognoz qilinmoqda. Umuman olganda, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida o‘sish tezlashdi, ammo Rossiyaning Ukrainaga bosqini hamon o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
Jahon banki o‘zining yangi hisobotida Markaziy Osiyo iqtisodiyotlarining o‘sishi Rossiya iqtisodiyoti tiklanishiga bog‘liq ekani, uzoq muddatli istiqbolda esa eng muhim omillardan biri iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘lishini qayd etdi.
Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,8 foizga o‘sdi. Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda yil yakunlari bo‘yicha YAIM o‘sishi kamida 5,6 foiz bo‘lishi kutilayotgani aytildi. Shavkat Mirziyoyev 2024-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturni puxta ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatmayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy korxonalar sonidagi ulushi 27 foizni tashkil etdi. Ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlarining esa 30 foizi ishlamayapti. 2022-yilda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 6 va 7 foizni tashkil etgan.
Berlin Economics mustaqil konsalting kompaniyasi maslahatchisi Veronika Movchan JSTga qo‘shilmagan mamlakatlarning import bojlari rejimiga ega bo‘lishi ma’muriy jihatdan foydasiz ekanini ta’kidladi. Bojlar 80 foizga kamaytirilsa, YAIMning har yili 0,4% ko‘proq o‘sishi ta’minlanadi, dedi ekspert.
Osiyo taraqqiyot banki 2023 va 2024-yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish 5 foizgacha pasayishini prognoz qilmoqda. Xatarlar Rossiyaga qarshi davom etayotgan sanksiyalar va ularning O‘zbekiston eksportining tashqi talabga ta’siri ko‘rinishida saqlanib qolmoqda, deyiladi hisobotda.
Markaziy bank 2023 yil oxirigacha mamlakat iqtisodiyoti 4,5−5% darajasida o‘sishini prognoz qilmoqda. Kutilayotgan inflyatsiya darajasi esa 8,5−9,5% bo‘ladi. Bu yil pul-kredit siyosatining ta’sir doirasi bazaviy inflyatsiyaning o‘sish dinamikasi hamda tashqi iqtisodiy sharoitlardagi xatarlar sabab qisqarishi mumkin.
2022 yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi, Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 5,7 foizni tashkil etdi. JBning 2023 yil uchun mamlakat prognozi o‘zgarishsiz qoldi — 4,9 foiz. Markaziy Osiyo uchun savdo yo‘llarining o‘zgarishi Ukrainadagi urushning salbiy oqibatlarini qisman yumshatishi mumkin, deb hisoblaydi bank.
2022-yil uchun yalpi ichki mahsulotning real o‘sish sur’ati 5,77 foiz darajasida prognoz qilinmoqda. Uchinchi chorakda YAIMning taxminiy haftalik ijobiy tendensiyalari o‘sish sur’atini yiliga kamida 0,68 foizga oshirishi kutilmoqda.
XVJ Ukrainadagi urushning salbiy oqibatlari ta’sirini hisobga olgan holda, 2022 yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish prognozlarini 6 foizdan 3−4 foizgacha pasaytirganini ma’lum qildi. Shuningdek, joriy operatsiyalar hisobi defitsiti YAIMga nisbatan 9,5 foizgacha o‘sishi, inflyatsiya ko‘rsatkichi 12 foiz darajasida saqlanib qolishi prognoz qilinmoqda.
Bloomberg tahlillariga ko‘ra, 2022 yilda iqtisodiy o‘sish uchun eng yirik xavf-xatarlar — omikron, keskin inflyatsiya, AQSh Federal rezerv banki asosiy stavkalarining o‘sishi, Xitoyning tanazzul yoqasidagi gigant kompaniyasi Evergrande, Tayvan, rivojlanayotgan bozorlar inqirozi, Brexit muzokaralari, yevrozona inqirozi, Yaqin Sharqdagi oziq-ovqat narxlarining ko‘tarilishi bo‘lishi mumkin.
Stenford universiteti professori Frensis Fukuyama «Hoshimov Iqtisodiyoti» loyihasining mehmoni bo‘lib, O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi, Markaziy Osiyo davlatlari taraqqiyotiga nima to‘siq bo‘lishi, iqtisodiy o‘sish va demokratiya o‘rtasidagi bog‘liqlik, taraqqiyot uchun zarur omillar haqida fikr bildirdi. «Gazeta.uz» ushbu suhbatdan ayrim qismlarini taqdim etadi.
J. P. Morgan investitsiya banki 2021 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining 8,1 foizga o‘sishini prognoz qilmoqda. Mamlakat bozorlarni liberallashtirish, keng miqyosli xususiylashtirish orqali iqtisodiyotdagi davlat ulushni qisqartirish kabi islohotlar arafasida turibdi. Shu bilan birga, xususiylashtirishning xatarlardan kafolatlanmagani qayd etildi.
Osiyo taraqqiyot banki 2020 yilda O‘zbekiston YAIM hajmi o‘sishi bo‘yicha prognozini 0,5%gacha pasaytirdi. Tashkilotning yangi hisobotiga ko‘ra, bunga COVID-19 pandemiyasi, talabning sustligi, sanoat ishlab chiqarishi va xizmatlar sohasidagi pasayish sabab bo‘lmoqda. Biroq, 2021 yilda YAIM 6,5% gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting